Xavfsiz yordamning himoyalangan reyestr

UNB platformasining blockcheyn xizmati anonim ma'lumotlardan foydalangan holda fuqaroning reyestrda mavjudligini tekshirish imkonini beradi. Xizmat "Xavfsiz yordam" tashabbusini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Xavfsiz yordamning himoyalangan reyestr

Bizning vazifamiz ma'lumotlarning ishonchli qayd qilinishi, o'zgarmas shaklda saqlanishi, shuningdek, tizimning mustaqil ochiq auditorlik tekshiruvi uchun axborotlar imkoniyati bilan avtomatik bog'liqligini ta'minlashdan iborat.

OSON

Tekshiruvni 10 soniyada amalga oshirish mumkin, buning uchun maxsus ko'nikma talab etilmaydi.

SHAFFOF

Har qanday mustaqil auditor istagan payt qaydlarni tekshirish imkoniga ega.

XAVFSIZ

Ma'lumotlar ruxsatsiz o'zgartirishdan himoyalangan, anonim ko'rinishda saqlanadi va ularni o'chirib bo'lmaydi.

Xayriya loyihasi

Xavfsiz yordam

14 aprel kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Uzcard» to‘lov tizimi va «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda “Xavfsiz yordam” xayriya loyihasini amalga oshirishni boshlaganini ma’lum qildi. Mazkur loyiha doirasida jamoat fondi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi bilan birgalikda 1000 nafar ijtimoiy va moddiy ehtiyojmand ayollar ro‘yxatini tayyorladi va ularga yordam ko‘rsatildi. Boshqa homiylar ham Fond boshlagan xayrli ishni davom ettirishmoqda....(ko'proq o'qing)

Birdamlik

Mehribonlik

Xayriya

Ishtirok

O'zbekiston Respublikasi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jamg'armasining tashabbusi

TEKSHIRISH

Hoshiya ichidagi maydonni to'ldiring va tekshirish tugmachasini bosing.

Blockcheyn texnologiyalari

Ushbu jarayonda blockcheyn texnologiyasidan foydalanish quyidagi harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini beradi:

TEZKOR TEKSHIRUV

Yordam mavjudligini tekshirish - JSHSHIR va biometrik pasport seriyalaridan foydalanib, fuqaroning ushbu reyestrga kiritilganligini darhol aniqlash mumkin. Bu Ichki ishlar vazirligi va vazirlikning hududiy bo'linmalariga murojaat qilmay turib ma'lumot olish imkonini beradi, ya'ni umuman apparat va xususan inspektorlar ishini yengillashtiradi, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta'minot va maxsus ruxsatnomalarsiz boshqa xayriya tashkilotlari tomonidan arizalarni saralash hamda tekshirish jarayonini tezlashtiradi.
Reyestrdagi ma'lumotlarning dolzarbligi va ishonchliligi bevosita Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta'minlanadi.

NAZORAT

Mablag'larning taqsimlanishini nazorat qilish — to'lov shlyuzlari bank ABT bilan birlashganda, pul mablag'lari o'tkazilishini kuzatish va qayd etish mumkin. Bu moliyaviy oqimlarning shaffofligini va manzilli taqsimlanishini ta'minlaydi. Ma'lumotlar dasturiy ta'minot darajasida maxsus robotlar - "aqlli shartnomalar" orqali kuzatiladi va inson aralashuvini istisno qiladi.

XAVFSIZLIK

Ushbu mexanizmning o'ziga xos xususiyati faqat anonim ma'lumotlardan foydalanish hisoblanadi. Texnologiyaning funksional xususiyatlari axborotni shaxsiy ma'lumotlarni saqlamasdan tekshirish imkonini beradi va ularni biror yo'l bilan qo'lga kiritish imkon bermaydi. Ma'lumotlar shifrlash bilan ishonchli himoyalangan hamda vazirlik va idoralar tizimlarida saqlanadi. Blockcheyn platformasi ishonchli raqamli vositachi vazifasini bajaradi.